Serxio Ramos ispaniyalik telejurnalist Pilar Rubioga uylandi. Ularning to‘yi 15 iyun kuni Sevilyada bo‘lib o‘tdi.
Nikoh marosimi bir qator taniqli shaxslar, jumladan, Serxio Buskets, Roberto Karlos, Jordi Alba, Florentino Peres, Luka Modrich, Devid Bekhem, Alvaro Morata, Santi Kasorla va boshqalar ishtirokida o‘tdi.
Marca`ning yozishicha, kelin-kuyov to‘yga 500ga yaqin mehmon kelishini kutgan. Biroq taklifnoma olganlardan Zinedin Zidan, Garet Beyl, Jerar Pike, Karim Benzema, Iker Kasilyas, Mariano Dias, Tibo Kurtua, Vinisius va Isko kabilar turli sabablarga ko‘ra to‘yga kelmaslikni ma’qul ko‘rishgan.
AS ma’lumotiga ko‘ra, taklif etilganlar ro‘yxatida Krishtianu Ronaldu yo‘q edi. Nashrga ma’lum bo‘lishicha, portugaliyalik yulduz «Yuventus»ga o‘tib ketganidan so‘ng uning Ramos bilan do‘stona aloqalari deyarli uzilib qolgan.
Ma’lumot uchun, Serxio Pilar bilan 2012 yildan buyon yashab keladi. Ularning Serxio, Marko va Alexandro ismli uch nafar o‘g‘li bor. “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Nebenzya G‘arbning BMT Xavfsizlik Kengashidagi nutqini ikkiyuzlamachilik paradi deb atadi
Buxoro viloyatida «Neksiya-3» avtomashinasi buklanib qoldi
Eronning Isroilga hujumi shunchaki spektakl edimi?..
Mojarodan so‘ng Ukrainani nima kutayotgani ma’lum bo‘ldi
Davlat xavfsizlik xizmati maklerlarga qo‘shib mansabdorlarni ham qo‘lga oldi
«Real Madrid» ustozi Karlo Anchelotti kechagi g‘alabadan so‘ng nimalar dedi?
“Tolibon” Eronning Isroilga qarshi hujumini qo‘llab-quvvatladi
Xotirani yaxshilashning juda oddiy usuli topildi