Foto: Depositphotos
Zimbabveda ayol bola ko‘z o‘ngida tashlangan timsohdan qutulib qoldi, deb yozmoqda Daryo.uz nashri.
Voqea 47 yoshli Emeri Pondani (Emery Pondani) baliq ovlayotganida sodir bo‘lgan. «Men to‘rni tashladim va suvda to‘lqin hosil bo‘lganini ko‘rdim. O‘g‘lim kattaroq narsa tutib oldim deb o‘yladi, biroq reptiliya ko‘ksimdan tishlab olib suvga tortib ketdi», — deydi ayol.
Ayol timsoh hujum qilganda uning og‘zini yopish kerakligini eslaydi va qo‘lini uning tomog‘iga tiqadi. U yirtqich bilan olishishda davom etadi va oxiri undan qutulishga erishadi. Hozirda ayol kasalxonada davolanmoqda.
Zimbabveda uzunligi 5 metrgacha yetadigan Nil timsohlari tarqalgan. Ular juda agressiv bo‘lib, qora karkidon, begemot, jirafa, sher kabi kuchli hayvonlarga ham teng kela oladi. “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Damas uchun onlayn kontraktatsiya ochiladi
Germaniyaning Knauf kompaniyasi Rossiyadan butunlay chiqib ketishini tasdiqladi
Futzal. Osiyo Kubogi. Tojikiston Yaponiyani guruhda qoldirdi
Shveysariya prezidenti Putinga maktub yo‘lladi
HAMAS yetakchisi: Isroil Rafahga kirsa, Falastin xalqi oq bayroqni ko‘tarmaydi
Zohida Umarova nima sababdan o‘g‘li va kelini bilan birga yashamasligini aytdi
Olimlar o‘quvchilarning familiyasidagi bosh harf ularning bahosiga ta’sir qilishini aniqladi
AQSHning Suriyadagi harbiy bazasiga raketalar hujum qildi