18:30 / 18.06.2019
5 004

Xitoyda kuchli zilzila bo‘ldi (video)

Xitoyda kuchli zilzila bo‘ldi (video)
Xitoy janubi-g‘arbida joylashgan Sichuan provinsiyasida ikkita kuchli yer silkinishi qayd etildi, deb xabar berdi Darakchi.uz nashri.

Xitoy seysmologiya markazi ma’lumotlariga ko‘ra, dastlab kuchi rexter shkalasi bo‘yicha 6 ballga teng bo‘lgan silkinish Ibin shahar okrugining Channin uyezdida ro‘y berdi. Oradan 40 daqiqa o‘tib esa Gun uyezdida magnituda kuchi 5,1 balga teng bo‘lgan zilzila qayd etildi. Ma’lumotlarga ko‘ra, zilzila epimarkazi 16 km chuqurlikda qayd etilgan.

Tabiiy ofat natijasida Channin uyezdida 8 kishi halok bo‘lgan va 48 kishi jarohat olgan, Gunda 3 kishi halok bo‘lib, 71 kishi jarohatlangan, Gao uyezdida yana 3 kishi jarblangani aytilmoqda. Sыchuan provinsiyasi Xitoyning seysmik xavf eng yuqori bo‘lgan mintaqalaridan biri bo‘lib hisoblanadi. Bu yerda yer osti silkinishlari tez- tez ro‘y berib turadi. Hududda 2008 yilning may oyida so‘nggi o‘n yillikdagi eng kuchli zilzila ro‘y bergan edi. Magnitudasi 8 ballga teng bo‘lgan silkinish natijasida 87 mingdan ortiq kishi halok bo‘lgan yoki bedarak yo‘qolgan edi.


arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Xitoyda kuchli zilzila bo‘ldi (video)