17:45 / 19.06.2019
5 226

Rossiya qiruvchi samolyoti AQSh bombardimonchisini to‘xtatib qoldi (video)

Rossiya qiruvchi samolyoti AQSh bombardimonchisini to‘xtatib qoldi (video)
Mudofaa vazirligi Rossiya Su-27 qiruvchi samolyoti AQSh bombardimonchisi V-52Nni to‘xtatib qolishi aks etgan videoni taqdim etdi.

Mudofaa vazirligi ta’kidlashicha, AQSh samolyotlari Rossiya chegarasiga Qora va Boltiq dengizi tomonidan yaqinlashayotgan bo‘lgan.

AQSh havo kemalari chegarani buzishmadi. Rossiya samolyotlari xalqaro xavfsizlik choralariga rioya qilgan holda parvozni amalga oshirishdi.

Oxirgi vaqtlarda xorijiy davlatlarning uchuvchisiz qurilma va razvedka samolyotlari Rossiya chegaralari yaqinida tez-tez paydo bo‘lmoqda. Ular Qora dengiz, Kaliningrad viloyati, Boltiq dengizi, shuningdek Suriyadagi Rossiya harbiy bazasi yaqinida ko‘rishmoqda.

Mart oyida Rossiya chegarasi yaqinida yadroviy strategik bombardimonchi Boeing B-52H parvoz qilish holati ko‘paydi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Rossiya qiruvchi samolyoti AQSh bombardimonchisini to‘xtatib qoldi (video)