Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiy prezident ma’muriyati binosidagi ish sharoitidan shikoyat qildi. Uning aytishicha, agar u boshqa joyga ko‘chib o‘tmasa, “aqldan ozishi” mumkin.
“Bu yerda qolib bo‘lmaydi, men bu yerda aqldan ozaman”, deb aytgan Zelenskiy.
Prezident ma’muriyatida davlat rahbari uchun yangi bino qidirilayotgani, amaldagisi esa muzeyga aylantirilishi mumkinligi ma’lum qilingan.
“Ha, katta badiiy muzeyga”, deb tasdiqlagan buni Zelenskiy.
Ukraina prezidenti ma’muriyati ayni vaqtda 1939 yilda qurilgandan keyin Kiyev harbiy okrugi shtabi, urushdan keyin esa Ukraina kommunistik partiyasi markaziy qo‘mitasi egallagan binoda joylashgan. Ushbu bino 1992 yilda prezident qarorgohiga aylangan.
Avvalroq Zelenskiy Bank ko‘chasida joylashgan ushbu binoda ishlashni istamayotganini aytgan. Uning aytishicha, prezident ma’muriyati hukumat mavzesida emas, balki ochiq joyda ishlashi lozim. Biroq u qayerga ko‘chib o‘tmoqchiligiga aniqlik kiritmagan. “Zamin” yangiliklarini “Instagram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Rossiya dunyodagi birinchi vodorod yoqilg‘ili avtomobilni taqdim etdi
Damas uchun onlayn kontraktatsiya ochiladi
Germaniyada maktab o‘quvchilari ommaviy ravishda islom dinini qabul qilmoqda
Vladimir Putin «Krokus»da sodir etilgan terakt uchun o‘ch olishga chaqirdi
Futzal. Osiyo Kubogi. Tojikiston Yaponiyani guruhda qoldirdi
Amerikalik olimlar barcha uchun birdek foydali jismoniy faollik turini aniqladi
O‘zbekistonda o‘tgan uch oyda qancha avtomobil ishlab chiqarilgan?
Crocus teraktida ayblanayotgan tojikistonlik Dalerjon Mirzoyevning ota-onasi o‘g‘li haqida gapirdi