10:42 / 21.06.2019
3 291

Putin Suriyada xususiy qo‘riqlash kompaniyalari borligini tasdiqladi

Putin Suriyada xususiy qo‘riqlash kompaniyalari borligini tasdiqladi
Rossiya prezidenti Vladimir Putin bilan bevosita muloqotdan keyin undan, OAVda avval ta’kidlaganidek, Suriyada yollanma jangchilar sifatida halok bo‘lgan rossiyaliklarga jangovar harakatlar ishtirokchisi maqomi berilishi imkoni haqida so‘raldi.

Putin bunga javoban Suriyada haqiqatan ham xususiy qo‘riqlash kompaniyalari xodimlari borligini, biroq bu odamlarning davlatga hech qanday aloqasi yo‘qligini aytdi.

“Xususiy kompaniyalar, jumladan xususiy qo‘riqlash kompaniyalariga kelsak, ular haqiqatan mavjud – ular Rossiya davlati emas va jangovar harakatlar ishtirokchilari hisoblanishmaydi”, deb aytgan Putin.

Rossiya prezidentining aytishicha, bunday kompaniyalar xodimlari “iqtisodiy faoliyat – neft qazib olish, konlarni o‘zlashtirish bilan bog‘liq “xalq xo‘jaligi vazifalarini” hal qilishadi. Putinning ta’kidlashicha, ushbu odamlar hayotlarini xatarga qo‘yib, terrorchilikka qarshi kurashda ko‘mak ko‘rsatadilar, chunki “IShID” jangarilaridan bu konlarni qaytarib oladilar.

“Biroq bu Rossiya davlati, Rossiya armiyasi emas, shu sababli biz bu yerda hech narsaga izoh bermaymiz”, deb ta’kidlab o‘tgan Rossiya yetakchisi.

Avvalroq Putinning matbuot kotibi Dmitriy Peskov Suriyada halok bo‘lgan ko‘ngillilar yaqinlariga kompensatsiyalar to‘lash prezident ma’muriyati zimmasida emasligini aytgan.

OAV ma’lumotlariga ko‘ra, Suriyada “Vagner” xususiy harbiy kompaniyasi ham ishlaydi. Ba’zi tasdiqlanmagan ma’lumotlarga ko‘ra, uning egasi Putinning “shaxsiy oshpazi”, tadbirkor Yevgeniy Prigojin hisoblanadi. Ta’kidlanishicha, milliarder Afrikaning bir nechta davlatlarida xavfsizlikni ta’minlash bo‘yicha xizmatlarni taklif qiladi.

2018 yil dekabrdagi katta matbuot anjumanda Putin “Vagner”ning qonuniyligi haqidagi savolga u xususiy kompaniya ekanligini, uning xodimlari qonun doirasida qolishlari kerakligi va xususiy qo‘riqlash biznesini taqiqlash maqsadga muvofiq emasligini aytgandi. “Agar ular Rossiya qonunchiligini buzmasalar, ular dunyoning istalgan nuqtasida o‘zlarining biznes manfaatlarini ilgari surishga haqlilar”, deb ta’kidlab o‘tgan o‘shanda Putin.

2015 yil kuzda Rossiya Suriyadagi kampaniyasi boshlagandan keyin u yerdan muntazam ravishda “Vagner” jangchilari halok bo‘lgani haqida xabarlar berila boshlangan. Taxminlarga ko‘ra, Suriyadagi urush vaqtida u yerda 200 dan 400 nafargacha rossiyalik harbiylar halok bo‘lgan.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Putin Suriyada xususiy qo‘riqlash kompaniyalari borligini tasdiqladi