08:53 / 24.06.2019
3 249

AQShlik qiz o‘z sevgilisining 500 ming dollar yutuq chiqqan lotereyasini o‘g‘irlab ketdi

AQShlik qiz o‘z sevgilisining 500 ming dollar yutuq chiqqan lotereyasini o‘g‘irlab ketdi
Foto: Inside Edition
Amerikaning Shimoliy Karolina shtatida yashovchi ayol o‘zining sobiq sevgilisini 500 ming dollar yutuq chiqqan lotereya biletini o‘g‘irlashda aybladi, deb xabar beradi Daryo nashri.

Jasmin Uotkinsga Lucky for Life lotereyasidan yutuq chiqqan. U barcha yutuqni birdagina olib ketishi yoki umrining oxirigacha har yili 25 ming dollardan olib turishi mumkin edi.

Ayol lotereya vakillardan pullarni birgalikda olib ketish uchun biletni suyuklisiga bergan. Biroq qiz o‘rtalarida pulni bo‘lib olish bo‘yicha kelishuv yo‘qligiga qaramasdan yutuqni o‘ziga olib qolishga uringani ma’lum bo‘lgan. Ta’kidlashicha, ular lotereyalarni mahalliy do‘konlarning biridan xarid qilishgan.

Lotereya rasmiy vakillarining so‘zlariga qaraganda, hozirda Uotkinsning shikoyati ko‘rib chiqilmoqda, chunki haqiqatdan ham yutuq kimga tegishliligi borasida yuridik bahs mavjud. Ayni vaqtda sud hali qaror qabul qilmagani sabab pullar hech kimga to‘lanmagan.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » AQShlik qiz o‘z sevgilisining 500 ming dollar yutuq chiqqan lotereyasini o‘g‘irlab ketdi