14:45 / 26.06.2019
3 538

Koloradoda 90 yil ichida birinchi marta iyunda qor yog‘di (foto, video)

Koloradoda 90 yil ichida birinchi marta iyunda qor yog‘di (foto, video)
Foto: Twitter
Koloradoda yozgi tengkunlikda qor yog‘di. Forum Daily’ning yozishicha, ayrim joylarda qor qoplami qalinligi yarim metrdan oshdi.

Xabarda aytilishicha, 21 iyunda Steamboat kurortida dengiz sathidan taxminan 2 kilometr balandlikdagi hududda kun davomida yoqqan qor qalinligi qariyb 20 santimetrga yetgan. Denverdan taxminan 250 kilometr shimoli-g‘arbda joylashgan Stimbot-Springs kurorti bunday ajoyib tabiat hodisasini «yozgi qor», deb nomladi.

Foto: Twitter
Qorli ob-havo haqida ogohlantirish 23 iyundan beri amal qilgan, lekin bu paytda kurortda havo sezilarli darajada ilib, quyosh qor uyumini eritib yuborgan.

Milliy meteorologik xizmat xabariga ko‘ra, bu haftada shaharda Selsiy bo‘yicha 27,7 daraja issiq bo‘lishi kutilmoqda.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Koloradoda 90 yil ichida birinchi marta iyunda qor yog‘di (foto, video)