23:15 / 26.06.2019
2 782

Tramp G20 sammitida o‘zi bilan uchrashadigan davlat rahbarlarini "yoqimtoy yigitlar" deb atadi

Tramp G20 sammitida o‘zi bilan uchrashadigan davlat rahbarlarini "yoqimtoy yigitlar" deb atadi
AQSh prezidenti Donald Tramp G20 sammitida o‘zi bilan uchrashadigan davlat rahbarlarini “yoqimtoy yigitlar” deb atadi.

“Men ushbu chiqishimdan so‘ng Yaponiyaga ketaman. U yerda yoqimtoy yigitlar bilan uchrashaman. Boshqa davlatlar bilan, raqobatchi davlatlar, raqobatchilar bilan. Ammo hammasi joyida. Bizning ishlarimiz yaxshi. Bizning ishlarimiz ularnikidan ko‘ra yaxshi bormoqda”, - dedi Tramp Vashingtondagi konferensiyada chiqish qilarkan.

Tramp "katta yigirmatalik" sammitida kamida sakkizta ikki tomonlama uchrashuv o‘tkazishi rejalashtirilgan.

G20 sammiti Yaponiyaning Osaka shahrida 28 iyun kuni boshlanadi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Tramp G20 sammitida o‘zi bilan uchrashadigan davlat rahbarlarini "yoqimtoy yigitlar" deb atadi