06:00 / 27.06.2019
2 882

Tramp va Putin uchrashuvida qaysi mavzular muhokama qilinishi ma’lum bo‘ldi

Tramp va Putin uchrashuvida qaysi mavzular muhokama qilinishi ma’lum bo‘ldi
Rossiya va AQSh prezidentlari Vladimir Putin va Donald Tramp uchrashuvi 28 iyun kuni Yaponiyada bo‘lib o‘tadi. Uchrashuvga bir soat vaqt ajratilgan. Bu haqda Rossiya prezidenti yordamchisi Yuriy Ushakov ma’lum qildi.

Ushakovning so‘zlariga ko‘ra, uchrashuvda strategik barqarorlik masalalari, Suriya, Afg‘oniston, Venesuela, Ukrainadagi mintaqaviy nizolar mavzulari muhokama qilinadi. Davlat rahbarlari shuningdek, Eron muammosini ham muhokama qilishadi.

Kreml vakili ko‘p narsa prezidentlarning suhbatni qanday qurishlariga bog‘liq ekanligini qo‘shib qo‘ydi.

G20 sammiti Yaponiyaning Osaka shahrida 28 iyun kuni boshlanadi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Tramp va Putin uchrashuvida qaysi mavzular muhokama qilinishi ma’lum bo‘ldi