00:44 / 27.06.2019
5 711

Yo‘q, u na xudo, na avliyo, na poshsho, u birinchi prezident...

Yo‘q, u na xudo, na avliyo, na poshsho, u birinchi prezident...
Nursulton opera teatri truppasi Qozog‘istonning birinchi prezidenti, elboshi Nursulton Nazarboyevga bag‘ishlangan operani bosim ostida repetitsiya qilmoqda.

«Yaratganning irodasini bajarish uchun Yerga yuborilgan» va «Yo‘q, u na xudo, na avliyo, na poshsho, u birinchi prezident va yetakchi» satrlari bo‘lgan musiqiy asarni ijro etishni xohlamagan artistlarga ishdan bo‘shatish bilan tahdid qilishgan.

Qozoq jurnalisti Asem Japisheva o‘zining Facebook sahifasida xabar berishicha, pesa elboshi rahnamoligida Qozog‘istonda barcha jabhalarda amalga oshirilgan keng ko‘lamli islohotlarni tarannum etishga bag‘ishlangan. «Quyosh yoritgan yo‘l» asarida kuylanishicha, Nursulton Nazarboyev mustaqil Qozog‘istonning tashkil topishi va taraqqiy etishiga bosh-qosh bo‘lishi uchun Yaratgan tomonidan yuborilgan.

Asar muallifi, 20 yashar kompozitor Rohatbiy Abdisag‘in qozoq parlamenti deputatining o‘g‘lidir. May oyida u ikki soatlik «Quyosh yoritgan yo‘l» operasini Nursulton Nazarboyevga taqdim etgan edi.

Hozir «Ostona opera»da repetitsiyalar qizg‘in davom etmoqda. Opera Poytaxt kuni tantanalari doirasida namoyish qilinishi aytilayapti.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Yo‘q, u na xudo, na avliyo, na poshsho, u birinchi prezident...