10:00 / 27.06.2019
3 409

Qirg‘iziston sobiq prezidenti Almazbek Atamboyevning uyi oldida yuzdan ortiq kishi to‘plandi

Qirg‘iziston sobiq prezidenti Almazbek Atamboyevning uyi oldida yuzdan ortiq kishi to‘plandi
Qirg‘iziston sobiq prezidenti Almazbek Atamboyevning Qo‘y-Tosh qishlog‘idagi dala hovlisi oldida yuzdan ortiq kishi to‘plandi. Bu haqda Sputnik xabar qildi.

Sobiq prezident uyi yaqiniga odamlar mashinalarda kelmoqda. Hovliga matraslar olib kelindi. Bir sutka davomida Atamboyevning uyi devori bo‘ylab beton plitalar paydo bo‘ldi. Katta yuk mashinada toshlar olib kelindi.

Bu holat ijtimoiy tarmoq foydalanuvchilarida ko‘p savollar paydo bo‘lishiga sabab bo‘ldi. Atamboyev qo‘lga olinadigan bo‘lsa, uning tarafdorlariga bu toshlar qarshilik ko‘rsatish uchun kerak bo‘lishi mumkin degan taxminlar bildirilmoqda.

Atamboyevning maslahatchisi Kunduz Joldubayevaning so‘zlariga ko‘ra, uy hovlisida ta’mirlash ishlari olib borilmoqda va poydevor qurish uchun toshlar olib kelindi.

Bundan tashqari uy yaqinida jurnalist va tarafdorlar uchun shtab tashkil etildi.

O‘tgan shanba, 22 iyun kuni 300 ga yaqin tarafdor Atamboyevning Qo‘y-Tosh qishlog‘idagi dala hovlisida to‘planishgandi. To‘plangan fuqarolar asosan Juqorg‘u Kenesh ishini tanqid qildi.

Eslatib o‘tamiz, Qirg‘iziston parlamenti 13 iyun kuni maxsus komissiyani tashkil etgan va u olib borgan ish yakunida Atamboyev oltita jinoyatga aloqador bo‘lishi mumkinligi haqida xulosa qilingan.

Juqorg‘u Keneshi 20 iyunda xulosani tasdiqlab, bosh prokuraturaga yubordi.

25 iyun kuni mamlakat bosh prokurori O‘tkurbek Jamshitov sobiq prezident ehtimol besh jinoyatlarga aloqador bo‘lishi mumkinligi haqida bayonot berdi. Xulosa ko‘rib chiqish uchun parlamentga yuborildi. Biroq bugun bu masala kun tartibiga kirmadi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Qirg‘iziston sobiq prezidenti Almazbek Atamboyevning uyi oldida yuzdan ortiq kishi to‘plandi