18:30 / 27.06.2019
3 435

AQShda Trampning o‘g‘liga tuflagan kafe xizmatchisi hibsga olindi

AQShda Trampning o‘g‘liga tuflagan kafe xizmatchisi hibsga olindi
Foto: «Vesti.ru»
AQSh prezidenti Donald Trampning o‘g‘li Erik Tramp Chikagodagi kokteyl-barning xizmatchisi unga qarab tuflaganini ma’lum qildi. Ayol AQSh maxfiy xizmati tomonidan qo‘lga olingan, deb xabar berdi «Daryo.uz».

Erik Tramp ayolning harakatarini «yoqimsiz» deb baholagan hamda uning asab tizimida muammo borligini ta’kidlagan.
Kichkina Trampning fikricha, tuflagan ayolning ortida o‘z tarafdorlarini otasiga qarshi qayrovchi demokratlar turibdi.

Amerika prezidenti o‘g‘lining qayd etishicha, mana shunday odamlarning jahlini ko‘rsatishi respublikachilarning qo‘li ustun kelayotganidan dalolat.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » AQShda Trampning o‘g‘liga tuflagan kafe xizmatchisi hibsga olindi