22:17 / 27.06.2019
2 996

Zelenskiy ukrainalik dengizchilarni ozod qilishni so‘rab Putinga murojaat qildi

Zelenskiy ukrainalik dengizchilarni ozod qilishni so‘rab Putinga murojaat qildi
Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiy Vladimir Putinga ukrain dengizchilarini ozod qilishni so‘rab murojaat qildi, deb xabar berdi RIA Novostiga tayanib Kun.uz nashri.

"Barchamizning farzandlarimiz bor, bolalarni ota-onalariga qaytaring", — dedi u Kiyevdagi brifingda ruschalab.

Zelenskiy tashqi ishlar vaziri Pavel Klimkin Rossiyaning dengizchilar bo‘yicha notasiga javobini u bilan kelishmagan holda berganini va bu borada undan izoh talab qilganini ta’kidladi.

25 iyun kuni Rossiya tashqi ishlar vazirligi dengiz huquqi bo‘yicha Xalqaro tribunal va Ukraina elchixonasiga nota yo‘llagandi. Notada 24 nafar dengizchiga nisbatan jinoiy jarayon davom etayotganini, ammo Moskva jinoyat-protsessual qonunchilik doirasida muzokaraga tayyorligini bildirgandi.

Bunga javoban Klimkin Moskvadan Xalqaro tribunal qarorini zudlik bilan bajarishni va barcha hibsga olinganlarni ozod qilishni talab qilgandi.

Eslatib o‘tamiz, 2018 yil noyabrda Ukraina HDKning uchta kemasi Rossiya chegarasini buzib kirgan va xavfli manyovrlarni sodir etgan.
Chegarachilar kemalarni hibsga olgan. Kemalarda 24 nafar harbiy, jumladan, Ukraina xavfsizlik xizmatining ikki nafar xodimi bo‘lgan.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Zelenskiy ukrainalik dengizchilarni ozod qilishni so‘rab Putinga murojaat qildi