21:15 / 29.06.2019
4 993

Qozog‘istonda bir qiz surati sababli qozoqlar va livanliklar o‘rtasida janjal chiqdi

Qozog‘istonda bir qiz surati sababli qozoqlar va livanliklar o‘rtasida janjal chiqdi
Qozog‘istonning Tengiz posyolkasida qozoqlar va livanliklar o‘rtasida ommaviy mushtlashuv yuz berdi. Bu haqda Baza Telegram-kanalida ma’lum qilingan.

Ta’kidlanishicha, mojaroga 3 GI zavodining liviyalik katta ma’muri Ali Dovud olgan fotosurat sabab bo‘lgan. Suratda Dovudning ortida turgan qozoq millatiga mansub qiz uning ratsiyasi antennasiga tilini tekkazgan holda tasvirlangan.

Fotosurat internetda tarqalgach, u mahalliy ishchilar tomonidan haqoratomuz deb topilgan va xorijliklar yashovchi posyolokka zavodning qozog‘istonlik ishchilari kelib, ularni do‘pposlashga tushgan.

“Ak Jayыk” nashri ma’lumotlariga ko‘ra, zavod qurilishi ob’ektlaridan barcha xorijliklarni shoshilinch evakuatsiya qilishga to‘g‘ri kelgan. Ularni olib chiqayotgan ba’zi avtobuslarga tosh uloqtirilgan.

Ta’kidlanishicha, politsiya departamenti ushbu voqeani bezorilik sifatida tergov qilishga qaror qilgan. Voqea joyiga Atirau viloyati akimi, prokurori, Qozog‘iston milliy xavfsizlik qo‘mitasi boshlig‘i, energetika vazirining birinchi o‘rinbosari yo‘l olgan.

Dasturlash foundation


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Qozog‘istonda bir qiz surati sababli qozoqlar va livanliklar o‘rtasida janjal chiqdi