Mamlakatimizning Aktau shahridagi (Qozog‘iston) Bosh konsulxonasi bergan ma’lumotga ko‘ra 29 iyun kuni mahalliy vaqt bilan soat 18:15da “Samara-Chimkent” trassasining 896-km.da 3 avtomobil ishtirokida yo‘l-transport hodisasi ro‘y berdi. Avtomobillarning ikkitasida 11 nafar O‘zbekiston fuqarolari bo‘lgan. YTH oqibatida hamyurtimiz M.A. vafot etdi.
TIV konsullik-huquqiy departamenti axborotiga ko‘ra, Sadafxon Yunusova va Oybek Mo‘minjonov jarohat olgan va Aqto‘be viloyati Xromtau tumanidagi kasalxonaga joylashtirilgan. Olingan ma’lumotlarga ko‘ra ularning sog‘liklari holati barqaror.
8 nafar hamyurtimiz ayni paytda Xromtau shahridagi “Sherxan” kempingida bo‘lib turibdi. YTH bo‘yicha tergov ishlari olib borilmoqda.
Bosh konsulxona tomonidan vaziyat nazoratga olingan hamda Aqto‘be viloyati Xromtau tumanining tegishli organlari bilan tezkor aloqa o‘rnatilgan.
Konsullik-huquqiy departamenti marhumning oila a’zolari va yaqinlariga ta’ziya bildiradi hamda Qozog‘istonning Aqto‘be, Atirau, Mang‘istau va G‘arbiy Qozog‘iston viloyatlari hududida bo‘lib turgan fuqarolarimiz zarur vaziyatlarda mamlakatimizning Aktau shahridagi Bosh konsulxonasiga +7-29-277-71-17 telefon raqami orqali murojaat qilishlari mumkinligini eslatib o‘tadi. “Zamin” yangiliklarini “Odnoklassniki”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
«Real Madrid» ustozi Karlo Anchelotti kechagi g‘alabadan so‘ng nimalar dedi?
Erdo‘g‘on: «Isroil Gitlerdan ham o‘tib ketdi»
O‘zbekistonda zilzilaga tayyorgarlik kuchaytiriladi
Biznes imkoniyatingizni kengaytiring
AQSH razvedkasi: Ukraina 2024 yil oxirigacha urushda yutqazishi mumkin
Qondagi shakar miqdorini tartibga soluvchi foydali meva nomi aytildi
Xotirani yaxshilashning juda oddiy usuli topildi
Sirdaryoda budjetga juda ko‘p miqdorda zarar yetkazgan mayning ferma aniqlandi