07:09 / 01.07.2019
4 561

Shavkat Mirziyoyev sovg‘a qilgan supada Putin, Rahmon va Lukashenko suhbatlashdi

Shavkat Mirziyoyev sovg‘a qilgan supada Putin, Rahmon va Lukashenko suhbatlashdi
Belarus Respublikasi Prezidenti Aleksandr Lukashenko Rossiya yetakchisi Vladimir Putin bilan noformal tarzda suhbatlashdi. Ularning davrasiga keyinroq Tojikiston Prezidenti Emomali Rahmon qo‘shildi, deb xabar bermoqda Kun.uz nashri.

«Belarus va Rossiya prezidentlari Minskdagi davlat rahbari qarorgohida norasmiy uchrashuvi tashkil etildi. Keyinroq ularga Tojikiston Prezidenti qo‘shildi», — deb xabar bergan RF Prezidenti matbuot kotibi Dmitriy Peskov.

Suhbat O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev sovg‘a qilga supada bo‘lib o‘tdi.

Peskovning ta’kidlashicha, davlat rahbarlari uchrashuvdan so‘ng, Minsk shahrida o‘tishi rejalashtirilgan II Yevropa o‘yinlari yopilish marosimida ishtirok etish uchun yo‘l oladi.

Ma’lumot uchun, Yevropa o‘yinlari qit’a sportchilari o‘rtasida to‘rt yilda bir marta tashkil etiladigan musobaqa bo‘lib, Yevropa olimpiya qo‘mitasi tomonidan tashkil etiladi. Birinchi Yevropa o‘yinlari 2015 yili Boku shahrida o‘tgandi.

Dasturlash foundation


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Shavkat Mirziyoyev sovg‘a qilgan supada Putin, Rahmon va Lukashenko suhbatlashdi