22:45 / 06.07.2019
3 207

Kaliforniyada 6,9 magnitudali zilzila sodir bo‘ldi (video)

Kaliforniyada 6,9 magnitudali zilzila sodir bo‘ldi (video)
Foto: «RIA Novosti»
Amerikaning Kaliforniya shtati janubida 6,9 magnitudali zilzila sodir bo‘ldi, deb xabar bermoqda «Daryo» nashri.

AQSh geologiya xizmati ma’lumotiga ko‘ra, zilzila epimarkazi Ridjkrest shahridan 17 kilometr shimoli-sharqda bo‘lgan. Zilzila o‘chog‘i 10 kilometr chuqurlikda bo‘lgan.

Bu hafda davomida hududda sodir bo‘lgan ikkinchi zilzila. Ridjkrest shahri yaqinidi 4 iyulda 6,4 balli yer silkinishi yuz bergandi. Shuningdek, aftershoklar qayd etilgan.

Ta’kidlanishicha, bu Kaliforniyada 1994 yildan beri sodir bo‘lgan eng kuchli zilzila. O‘shanda 6,7 balli yer silkinishi 60 nafar odamning halok bo‘lishiga va ommaviy vayrongarchilikka olib kelgan edi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Kaliforniyada 6,9 magnitudali zilzila sodir bo‘ldi (video)