Foto: Reuters
Turkiya prezidenti Rajab Toyyib Erdo‘g‘on Rossiyaning S-400 zenit raketa tizimini sotib olish haqidagi bitimni mamlakat tarixida eng muhim deb hisobladi. Bu haqda «Daryo» xabar berdi.
Shu bilan birga, prezident zenit raketa tizimi harbiy harakatlar uchun emas, mamlakat milliy xavfsizligini ta’minlash maqsadida olinayotganini ta’kidlagan. Erdo‘g‘on, shuningdek, NATO Turkiya Rossiyaning raketa tizimini olganidan xursand bo‘lishi kerakligini, chunki alyans a’zosi va tashkilotning o‘zi ham kuchliroq bo‘lishini qo‘shimcha qilgan.
AQSh noroziliklariga qaramasdan, tizimning dastlabki partiyasi 12 iyul kuni Anqaraga yetkazilgan. Vashington Turkiyaga sanksiyalar bilan tahdid qilgan edi, ammo keyinchalik ularni joriy qilishni kamida bir haftaga kechiktirdi. “Zamin” yangiliklarini “Instagram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Nebenzya G‘arbning BMT Xavfsizlik Kengashidagi nutqini ikkiyuzlamachilik paradi deb atadi
Buxoro viloyatida «Neksiya-3» avtomashinasi buklanib qoldi
Mojarodan so‘ng Ukrainani nima kutayotgani ma’lum bo‘ldi
Eronning Isroilga hujumi shunchaki spektakl edimi?..
Pentagonning sobiq tahlilchisi G‘arb nega Ukrainada tinchlik istamasligini tushuntirdi
“Tolibon” Eronning Isroilga qarshi hujumini qo‘llab-quvvatladi
Davlat xavfsizlik xizmati maklerlarga qo‘shib mansabdorlarni ham qo‘lga oldi
Shomurodov, navbat “Yuventus”ga!