Microsoft kompaniyasi asoschisi Bill Geyts va AQShning sobiq birinchi xonimi Mishel Obama butun dunyo odamlari orasida eng hurmat qilinuvchi jamoat va davlat arboblari reytingiga boshchilik qilmoqda. Bundan YouGov sotsiologik xizmati so‘rovnomasi natijalari darak bermoqda. Joriy yilda so‘rovnomada 41 ta davlatdan 42 mingdan ko‘proq odam ishtirok etdi.
Shu tariqa, ayollar o‘rtasida reytingga Mishel Obama yetakchilik qilmoqda, u avvalgi reytingda 1-o‘rinni egallagan amerikalik aktrisa, BMT oliy komissari boshqarmasining ko‘ngilli elchisi Anjelina Joli o‘rnini egallagan, Joli esa 3-o‘ringa tushgan. 2-o‘rinni amerikalik teleboshlovchi Opra Uinfri egallagan. Ayollar o‘rtasida reytingning yuqori beshtaligiga Britaniya qirolichasi Yelizaveta II va britaniyalik aktrisa Emma Uotson ham kirgan.
Yetakchi yigirmatalikdan Xitoy raisining rafiqasi Pen Liyuan (7-o‘rin), AQShning sobiq davlat kotibi Xillari Klinton (8-o‘rin), amerikalik qo‘shiqchi Teylor Svift (10-o‘rin), Germaniya kansleri Angela Merkel (12-o‘rin), Britaniya bosh vaziri Tereza Mey (18-o‘rin) va AQShning birinchi xonimi Melanya Tramp (19-o‘rin) joy egallagan.
Erkaklar o‘rtasida 2-o‘rinni AQShning sobiq prezidenti Barak Obama, 3-o‘rinni aktyor Jeki Chan egallagan. 4-o‘ringa Xitoy raisi Si Szinpin, 5-o‘ringa yana bir xitoylik – Alibaba asoschisi Jek Ma qo‘yilgan.
Shuningdek, Hindiston bosh vaziri Narendra Modi 6-o‘rinni, Rossiya prezidenti Vladimir Putin 10-o‘rinni, AQSh prezidenti Donald Tramp 14-o‘rinni, Turkiya prezidenti Rajab Toyyib Erdo‘g‘an 19-o‘rinni egallagan. Futbolchilar Krishtianu Ronaldu (7-o‘rin) va Lionel Messi (9-o‘rin) reytingga kiritilgan yagona sportchilar bo‘lgan. “Zamin” yangiliklarini “Facebook”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Ramzan Qodirovning 19 yoshli qizi medal bilan taqdirlandi
HAMAS yetakchisi: Isroil Rafahga kirsa, Falastin xalqi oq bayroqni ko‘tarmaydi
Sariqmi yoki yashil: qaysi turdagi banan foydaliroq?
Toshkentda 02 kodli avtoraqamlar taxminan qachon paydo bo‘lishi aytildi
Eron prezidenti jiddiy bayonot berdi: «Isroildan hech narsa qolmaydi»
Germaniyada maktab o‘quvchilari ommaviy ravishda islom dinini qabul qilmoqda
Germaniyaning Knauf kompaniyasi Rossiyadan butunlay chiqib ketishini tasdiqladi
Qaysi kundalik odatlar immunitet pasayishiga olib kelishini bilasizmi?