17:08 / 21.07.2019
2 746

Eron Britaniya tankerini ushlaganidan so‘ng «turli ssenariylar»ga tayyorligini bildirdi

Eron Britaniya tankerini ushlaganidan so‘ng «turli ssenariylar»ga tayyorligini bildirdi
Tehron o‘z pozitsiyasida qat’iy qoladi va Ho‘rmuz bo‘g‘ozida Britaniyaning Stena Impero tankeri ushlanganidan keyingi "turli ssenariylar"ga tayyor, dedi Eronning Buyuk Britaniyadagi elchisi Hamid Baidinajod.

"Buyuk Britaniya hukumati Eron va Buyuk Britaniya o‘rtasidagi mavjud keskinlikni oshirishni istayotgan ichki siyosiy kuchlarni to‘xtatishi lozim. Bu ancha xavfli va mintaqa uchun og‘ir bo‘lib turgan hozirgi vaqt uchun oqilona ish emas. Ammo Eron o‘z pozitsiyasida qat’iy va turli ssenariylarga tayyor", — deb yozdi u Twitter sahifasida.

Eron va Buyuk Britaniya o‘rtasidagi munosabatlar 4 iyulda Gibraltar hukumati Grace 1 tankerini qo‘lga olganidan so‘ng keskinlashdi. Tanker Erondan ikki million barrel neft olib Suriyaga olib ketishda gumonlandi. Ammo Tehron bu ma’lumotni rad etdi.

Juma kuni Eron Ho‘rmuz bo‘g‘ozida Britaniyaning Stena Impero tankerini qo‘lga oldi.
OAV xabarlariga qaraganda, Buyuk Britaniya Tehronga qarshi diplomatik va iqtisodiy sanksiyalar kiritishi mumkin.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Eron Britaniya tankerini ushlaganidan so‘ng «turli ssenariylar»ga tayyorligini bildirdi