11:04 / 24.07.2019
3 860

Xitoy davlat kengashi: Islom dini shinjonlik uyg‘urlarining ixtiyoriy tanlovi bo‘lmagan

Xitoy davlat kengashi: Islom dini shinjonlik uyg‘urlarining ixtiyoriy tanlovi bo‘lmagan
Foto: LiveJournal
Xitoy davlat kengashi tomonidan e’lon qilingan Oq kitobda Shinjon uyg‘urlarining islomni qabul qilishi ixtiyoriy tanlov emas, diniy urushlar natijasi ekanligi aytildi, deb xabar bermoqda “Daryo.uz” nashri.

«Shinjonga islomning kirib kelishi Arab xalifaligining gullab-yashnashi va islomning g‘arbdan sharqqa kirib kelishi bilan bog‘liq. Uyg‘urlarning islomni qabul qilishi ixtiyoriy tanlov emas, hukmdor sinflarning ta’siri, diniy urushlar natijasidir», — deyiladi hujjatda.

Ta’kidlanishicha, bu majburlov uyg‘urlarning islomni qabul qilish huquqini kamsitmaydi, ammo bu tarixiy haqiqat hisoblanadi. «Islom uyg‘urlarning asl va yagona dini emas», — deyiladi Oq kitobda.

Qo‘shimcha qilinishicha, bugungi kunda uyg‘urlarning aksariyati boshqa dinlarga ham e’tiqod qiladi yoki umuman hech bir dinga e’tiqod qilmaydi.

BMT tomonidan 2018 yilning avgustida Xitoyning Shinjon-Uyg‘ur muxtor tumanidagi jazo muassasalarida kamida bir million uyg‘urlarning saqlanib kelishi haqida ma’lum qilgan. Xitoy TIV esa bu ma’lumotlarni safsata va soxta axborot deb atagan.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Xitoy davlat kengashi: Islom dini shinjonlik uyg‘urlarining ixtiyoriy tanlovi bo‘lmagan