21:23 / 24.07.2019
4 042

Atamboyev Moskvaga uchib kelgach, Federal qo‘riqlash xizmati xodimlari hamrohligida Kremlga yo‘l oldi

Atamboyev Moskvaga uchib kelgach, Federal qo‘riqlash xizmati xodimlari hamrohligida Kremlga yo‘l oldi
Qirg‘izistonning sobiq prezidenti Almazbek Atamboyev Moskvaga uchib kelganidan so‘ng Kremlga yo‘l oldi. Bu haqda Qirg‘iziston sotsial-demokratik partiyasi rasmiy vakili Kunduz Joldubayeva o‘zining Facebook sahifasida ma’lum qildi.

Uning so‘zlariga ko‘ra, Almazbek Atamboyevga Federal qo‘riqlash xizmati xodimlari hamrohlik qilmoqda. Avvalroq Atamboyev Moskvada yuqori darajadagi uchrashuv o‘tkazishi ma’lum qilingandi.

Ekspertlarning fikricha, Moskva Qirg‘izistondagi siyosiy inqirozni hal qilishda vositachilik qilishga qaror qilgan.

Moskvaga Almazbek Atamboyev bilan birga Jogorku Kenesh deputatlari va Qirg‘iziston sotsial-demokratik partiyasi rasmiy vakili ham kelgan.

Dasturlash foundation


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Atamboyev Moskvaga uchib kelgach, Federal qo‘riqlash xizmati xodimlari hamrohligida Kremlga yo‘l oldi