07:47 / 26.07.2019
2 772

Tramp ikki boshli va golf tayoqchalarini ushlagan burgut tasviridagi gerb bilan nutq so‘zladi (video)

Tramp ikki boshli va golf tayoqchalarini ushlagan burgut tasviridagi gerb bilan nutq so‘zladi (video)
Vashington okrugidagi Mariott Marquis mehmonxonasida tashkil etilgan ommaviy tadbirda AQSh prezidenti ishtirokida kutilmagan holat yuz berdi. Donald Tramp nutq so‘zlayotgan paytda uning ortidagi katta ekranda mamlakat gerbi tasvirlangandi, ammo bir zumdan so‘ng gerb o‘zgarib qoldi, deb yozmoqda Washington Post'ga tayanib Kun.uz nashri.

«Katta ekranda Rossiya gerbida tasvirlangan ikki boshli burgut oyoqlarida golf tayoqchalarini ushlab turgani paydo bo‘ldi. Shuningdek, an’anaviy shior o‘rnida 45 es un tietre (45chi qo‘g‘irchoq - tahr.) so‘zlari yozilgandi», — deyiladi nashr xabarida.

Ta’kidlanishicha, ikki boshli burgut Rossiyaning AQSh prezidentligi saylovlariga aralashgani borasida taxminni yana bir bor shubhada qoldirib, golf tayoqchalari Trampning sevimli mashg‘ulotiga ishora qiladi. Bundan tashqari, ispan tilida yozilgan so‘zlar muhojirlarning davlat rahbariga nafratini bildirishi mumkin.

Donald Tramp Turning Point USA jamoatchilik tashkiloti tadbirida nutq so‘zlash uchun minbarga ko‘tarilgandi. Hozircha bu ish ortida kim turgani ma’lum emas. Rasmiy surishtiruv boshlangan.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Tramp ikki boshli va golf tayoqchalarini ushlagan burgut tasviridagi gerb bilan nutq so‘zladi (video)