15:16 / 26.07.2019
3 524

Malayziyaning sobiq qiroli «Moskva go‘zali»dan o‘g‘lini tortib olishi mumkin

Malayziyaning sobiq qiroli «Moskva go‘zali»dan o‘g‘lini tortib olishi mumkin
Foto: Instagram / rihanapetra
«Miss Moskva-2015» go‘zallik tanlovi g‘olibi Oksana Voyevodinaning Malayziya sobiq qiroli Muhammad V bilan sakkiz oylik turmushdan so‘ng ajrashishi qayg‘uli oqibatlarnni keltirib chiqarishi mumkin, deb yozadi «Daryo» nashri.

Oksana hozirgi kunda ikki oylik o‘g‘li bilan o‘z vatanida yashamoqda.
Avvalroq, Malayziya sobiq qirolining advokati Ko Tiyen Xua 49 yoshli Muhammad V ning 26 yoshli rafiqasi bilan ajrashishi sababini ma’lum qilgan edi: Monarx Tenku Ismail Leon Petra Bin Tenku Muhammad V Faris uning o‘g‘li ekanligiga shubha qilmoqda.

Voyevodinaning vakillari Malayziya monarxidan rafiqasini xiyonatda ayblagani uchun kechirim so‘rashni talab qilib, DNK-tekshiruvi orqali otalikni tasdiqlashni taklif qilgan edi.

Rossiyalik Oksana Voyevodina 2019 yilning may oyida o‘g‘il farzandni dunyoga keltirgan edi. Oradan bir oy o‘tib sobiq qirol boladan yuz o‘girgani va xotini bilan ajrashayotgani haqida gap-so‘zlar tarqalgan edi.

Agar bolaning otasi Muhammad V ekanligi o‘z tasdig‘ini topsa, sobiq qirol o‘g‘lini Oksanadan tortib olishi, uni Malayziyaga olib ketib, tarbiyalashi mumkin.

Muhammad V va «Moskva go‘zali»ning to‘yi haqida 2018 yilning noyabrida ma’lum qilingan edi.
Juftlikning to‘yi Moskvadagi Barvikha Concert Hall konsert zalida bo‘lib o‘tgandi. Rossiyalik model o‘z sevgilisi uchun islom dinini qabul qilgan, monarx esa taxtdan voz kechgandi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Malayziyaning sobiq qiroli «Moskva go‘zali»dan o‘g‘lini tortib olishi mumkin