17:43 / 26.07.2019
3 423

To‘qqiz yoshli bola Xitoy janubida 66 mln yillik dinozavr tuxumlarini topdi

To‘qqiz yoshli bola Xitoy janubida 66 mln yillik dinozavr tuxumlarini topdi
Foto: Fotosdelanaturaleza.es
To‘qqiz yoshli bola Xitoy janubidagi Guandun provinsiyasining Xeyuan jarligida 66 million yillik toshga aylangan 11 ta dinozavr tuxumlarini topdi. Bu haqda Sina portali ma’lumotiga tayanib, «Daryo» xabar berdi.

Unda aytilishicha, noyob topilma qoldiqlari jarlik hududidagi tuproqning kuchli suv toshqini sabab yuvilib ketishi natijasida topilgan. Har bir tuxumning diametri 9 santimetrni tashkil etadi. Avvaliga bola ularning biriga duch kelgan, keyin esa mahalliy muzey xodimlari bilan birga qo‘shimcha ishlar olib borilgan va yana 10 ta shunday tuxum topilgan.

«Bu qanday dinozavrga tegishli ekanligini aniqlash mushkul. Bunga aniqlik kiritish uchun qo‘shimcha izlanish talab etiladi», — degan Xeyuan shahridagi Dinozavr muzeyining ilmiy bo‘lim boshlig‘i Xuan Chjitsin

Uning ta’kidlashicha, yaqin atrofda boshqa qimmatbaho topilmalar bo‘lishi mumkinligi sababli paleontologlar yaqin kunlarda qazish ishlarini olib boradi va bu joyni sinchkovlik bilan o‘rganadi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » To‘qqiz yoshli bola Xitoy janubida 66 mln yillik dinozavr tuxumlarini topdi