14:37 / 27.07.2019
2 523

Amerikalik 89 yoshli ayol Kilimanjaro cho‘qqisiga ko‘tarildi

Amerikalik 89 yoshli ayol Kilimanjaro cho‘qqisiga ko‘tarildi
Foto: Fotolia
AShQda yashovchi Enn Lorimor 89 yoshida Afrikadagi eng baland tog‘ cho‘qqisi—Kilimanjaroga ko‘tarilib, yangi jahon rekordini o‘rnatdi, deb xabar bermoqda «Daryo» nashri.

Xabarda aytilishicha. Enn Lorimor bir necha yil avval Kilimanjaroni zabt etgan eng keksa ayol sifatida rekord o‘rnatgan. Lekin keyinchalik boshqa bir ayol bir necha oy o‘tib uning rekordini yangilagani, undan so‘ng esa erkak kishi yangi rekord o‘rnatganidan xabar topgan. Shundan so‘ng u yana cho‘qqiga ko‘tarilishga qaror qilgan.

«Chindan ham xavotirlangan paytlarim bo‘ldi. Chunki toqqa ko‘tarilishimdan oldin yiqilib tushgandim... Yon tomonim qattiq og‘rir, chuqur nafas ololmayotgandim. Yetarli kislorod ololmay, bora olmayman deb qo‘rqqandim», — degan Lorimor uyga qaytgach.

Uning so‘zlariga ko‘ra, Afrikaga borib kelishi va toqqa chiqishiga 9 kun vaqt ketgan.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Amerikalik 89 yoshli ayol Kilimanjaro cho‘qqisiga ko‘tarildi