19:50 / 27.07.2019
2 802

Tramp AQShning kelgusi prezidenti bo‘yicha o‘tkazilgan so‘rovda ikkinchi o‘rinni oldi

Tramp AQShning kelgusi prezidenti bo‘yicha o‘tkazilgan so‘rovda ikkinchi o‘rinni oldi
AQSh prezidenti Donald Tramp Fox News telekanali tomonidan bo‘lg‘usi davlat rahbari kim bo‘lishiga doir ijtimoiy so‘rovda ikkinchi o‘rinni egalladi. Bu haqda Kun.uz xabar qilmoqda.

Nashrning yozishicha, aksariyat amerikaliklar 2020 yilda bu lavozimda demokrat Jozef Baydenni ko‘rishni istayotganlarini bildirishgan. Qayd etilishicha, uning reytingi 10 punktga ko‘tarilgan.

Tramp ertalabki Fox & Friends shou dasturi orqali namoyish qilingan so‘rov natijalaridan g‘azablanganini Twitter sahifasida izhor qildi, deyish mumkin. U hech qachon bu siyosatchiga mag‘lub bo‘lmasligini ta’kidladi.

76 yoshli amerikalik siyosatchi Jozef Bayden o‘z faoliyati davomida uch marta (1988, 2004 va 2008 yy) prezident saylovlarida ishtirok etgan yoki ishtirok etish istagini bildirgan. 1973 yili, 30 yoshida Delaver shtatidan senatorlikka saylangan. 2016 yili Tramp vakolatlari tugagach, prezidentlik kurashida qatnashishga tayyorligini bildirgan edi.

Jozef Bayden sobiq Yugoslaviyani bombardimon qilish, AQShning Iroqqa bostirib kirishini qo‘llab-quvvatlagan.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Tramp AQShning kelgusi prezidenti bo‘yicha o‘tkazilgan so‘rovda ikkinchi o‘rinni oldi