Amerikaning The Walt Disney Company kompaniyasi kassa yig‘imlari bo‘yicha jahon rekordini o‘rnatdi.
Variety nashrining xabar berishicha, bu yil The Walt Disney Company filmlari jahon prokatida allaqachon 7,67 milliard dollar yig‘di. Kompaniya o‘zining 2016 yildagi 7,61 milliard dollarlik rekordini yangiladi.
Eng muvaffaqiyatli filmlar "Qasoskorlar: Intiho" (2,79 milliard), "Kapitan Marvel" (1,1 milliard), "Olovuddin" (1 milliard) hamda "Qirol sher" (962 million) bo‘ldi.
Bundan tashqari, yil oxiriga qadar "Muz qalb 2", "Malefisenta: Zulmat hukmdori" va "Samoviy urushlar: Skayuoker. Kun chiqishi" kartinalari ekranlarga chiqadi.
Avvalroq "Qasoskorlar: Intiho" filmi keyingi o‘n yildan buyon birinchilikni bermay kelayotgan "Avatar" filmini ortda qoldirib jahon rekordi o‘rnatganligi xabar qilingandi. “Zamin” yangiliklarini “Twitter”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Ramzan Qodirovning 19 yoshli qizi medal bilan taqdirlandi
HAMAS yetakchisi: Isroil Rafahga kirsa, Falastin xalqi oq bayroqni ko‘tarmaydi
Sariqmi yoki yashil: qaysi turdagi banan foydaliroq?
Toshkentda 02 kodli avtoraqamlar taxminan qachon paydo bo‘lishi aytildi
Eron prezidenti jiddiy bayonot berdi: «Isroildan hech narsa qolmaydi»
Germaniyada maktab o‘quvchilari ommaviy ravishda islom dinini qabul qilmoqda
Germaniyaning Knauf kompaniyasi Rossiyadan butunlay chiqib ketishini tasdiqladi
Qaysi kundalik odatlar immunitet pasayishiga olib kelishini bilasizmi?