11:47 / 31.07.2019
3 435

Londonda Dubay amiri qochib ketgan xotini bilan ajrashmoqda

Londonda Dubay amiri qochib ketgan xotini bilan ajrashmoqda
Foto: AP
30 iyul kuni Londonda Dubay hukmdori Muhammad bin Rashid al-Maqtum va uning qochib ketgan rafiqasi Hayya bint Al-Husayn ishi bo‘yicha sud eshituvi boshlandi, deb xabar qiladi Sputnik.

Avvalroq, shayx ajrimga erishish va ikki farzandni o‘zida olib qolish huquqini qo‘lga kiritish uchun sudga da’vo arizasi kiritgani haqida xabar berilgan edi.

Telegraph nashrining yozishicha, sud eshituvi Londond Oliy sudining oila masalalari bo‘yicha palatasiga bo‘lib o‘tmoqda. Malika sud eshituviga shaxsan kelgan.

Reuters agentligi ma’lumotiga ko‘ra, malika bolalar ustidan vasiylik huquqini o‘zida qoldirish uchun kurashmoqda. Bundan tashqari, u ingliz sudlarining biriga ushbu nikohni majburiy deb topish va tahdidlar va xiraliklardan himoya orderini berish talabnomasini kiritgan.

Britaniyaning Sun tabloidi ilgariroq shayxning xotini 11 yashar qizi va yetti yashar o‘g‘lini olib, 39 million dollarga yaqin pul bilan mamlakatdan qochgani haqida xabar bergan edi. Sun nashrining yozishicha, malika avvaliga Germaniyaga borgan va boshpana so‘rab, ajrashish uchun hujjatlarni topshirgan. Biroq Germaniya TIV bu ma’lumotlarni tasdiqlamadi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Londonda Dubay amiri qochib ketgan xotini bilan ajrashmoqda