16:10 / 01.08.2019
3 059

Hindistonda erkaklarning xotinlariga “uch taloqsan” deyishi taqiqlandi

Hindistonda erkaklarning xotinlariga “uch taloqsan” deyishi taqiqlandi
Hindiston parlamentining yuqori palatasi musulmon erkaklarning xotinlariga “uch taloqsan” deyishini taqiqlovchi qonun loyihasini tasdiqladi. Bu haqda “Yevronyus”ga tayanib Azon.uz xabar bermoqda.

Ushbu qonunni buzgan musulmonlar uch yilga ozodlikdan mahrum etilishi mumkin.

Adliya vaziri Ravi Shankar Prasadning ma’lum qilishicha, qonun loyihasi uchun 99 deputat ovoz berdi, 88 nafari qarshi chiqdi. Ko‘plab deputatlar betaraf qolishni ma’qul ko‘rdi. Mamlakat bosh vaziri Narendra Modi mazkur qonun loyihasining qabul qilinishini “gender adolatining g‘alabasi” deb atadi. Parlamentning quyi palatasi bu qonunni o‘tgan yili tasdiqlagan edi.

Muxolifatdagi “Umumhindiston musulmon koalitsiyasi” esa yangi qonunni tanqid qilib, bunday qaror hukumat tomonidan emas, musulmon yetakchilari tomonidan qabul qilinishi kerakligini ta’kidladi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Hindistonda erkaklarning xotinlariga “uch taloqsan” deyishi taqiqlandi