08:30 / 02.08.2019
3 473

Dunyoning eng boy odami o‘z kompaniyasining 1,9 mlrd dollarlik aksiyalarini sotib yubordi

Dunyoning eng boy odami o‘z kompaniyasining 1,9 mlrd dollarlik aksiyalarini sotib yubordi
Dunyoning eng badavlat insoni, Amazon bosh direktori Jeff Bezos dunyodagi eng yirik onlayn-reteylerning 1,899 mlrd dollardan ko‘proq qiymatdagi aksiyalarini sotib yubordi.

Xabarga ko‘ra, Bezos Amazon’ning 900 mingdan ko‘proq aksiyasini 29-31 iyul kunlari 3 bosqichda donasini 1,9 ming dollar atrofida sotib yuborgan. Hozirda tadbirkorning qo‘lida kompaniyaning 58,143 mlnta aksiyasi qolmoqda.

Bezos 2017 yilda boshqa bir kompaniyasi – Blue Origin’ni qo‘shimcha moliyalashtirish uchun har yili Amazon’ning 1 mlrd dollarga yaqin aksiyasini sotish rejasini ma’lum qilgandi.

Hozirda Bezosning boyligi 131 mlrd dollarni tashkil qilmoqda. Milliarder kapitallashuvi 2018 yilda 1 trln dollarga yetgan Amazon’dan tashqari, Blue Origin aerokosmik kompaniyasiga egalik qiladi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Dunyoning eng boy odami o‘z kompaniyasining 1,9 mlrd dollarlik aksiyalarini sotib yubordi