09:03 / 02.08.2019
3 571

Tojikistonda mashina daryoga qulashi oqibatida O‘zbekiston fuqarosi vafot etdi

Tojikistonda mashina daryoga qulashi oqibatida O‘zbekiston fuqarosi vafot etdi
Foto: Sputnik
O‘zbekistonning Tojikistondagi elchixonasi bergan ma’lumotga ko‘ra, 2019-yilning 30-iyul kuni So‘g‘d viloyati Shahriston dovonida sodir bo‘lgan yo‘l-transport hodisasi va mashinaning daryoga qulab ketishi oqibatida O‘zbekiston furqarosi A.D. vafot etdi. Boshqa hamyurtimiz A.N. jarohat olgan va kasalxonaga yotqizilgan.

Marhumning jasadi qarindoshlari hamrohligida vatanga yuborildi.
Elchixona vaziyatni nazoratga oldi va jarohatlangan hamyurtimizga yordam berishning konsullik-huquqiy masalalari bilan shug‘ullanmoqda.

Konsullik-huquqiy departamenti marhumning oila a’zolari va yaqinlariga ta’ziya bildiradi va Tojikiston hududida bo‘lib turgan O‘zbekiston fuqarolariga zarurat vaziyatlarda mamlakatimizning Dushanbe Elchixonasiga quyidagi telefon raqamlari orqali murojaat qilishlari mumkinligini eslatib o‘tadi: +992-37-224-75-39, +992-37-228-99-03, +992-37-224-75-42.

Dasturlash foundation


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Tojikistonda mashina daryoga qulashi oqibatida O‘zbekiston fuqarosi vafot etdi