Foto: «RIA Novosti»
AQSh prezidenti Donald Tramp AQSh hukumatining Usoma bin Lodinning o‘g‘li Hamzaning yo‘q qilinishiga aloqadorligi borasidagi savollarga javob berishdan bosh tortdi, deb xabar beradi "Daryo" nashri.
Biroq Trampning ta’kidlashicha, Hamza bin Lodin Qo‘shma Shtatlar uchun jiddiy xavf tug‘dirgan.
«Men bunga izoh bera olmayman, biroq u mamlakatimizga jiddiy xavf tug‘dirayotgan edi. U yurtimiz haqida juda ko‘p yomon narsalarni gapirdi. Shu sababli xulosani o‘zingiz chiqaring», — deydi Tramp jurnalistlarga bergan intervyusida.
The New York Time gazetasining yozishicha, AQSh rasmiylari Hamza bin Lodin Tramp administratsiyasi tomonidan so‘nggi ikki yil ichida o‘tkazilgan qandaydir operatsiya natijasida yo‘q qilingan.
Joriy yilning boshida AQSh Davlat departamenti Hamza bin Lodinning yashiringan joyini aytgan insonga 1 million dollar to‘lashga tayyor ekanligini ma’lum qilgandi. “Zamin” yangiliklarini “Instagram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
O‘zbekistonda zilzilaga tayyorgarlik kuchaytiriladi
«Real Madrid» ustozi Karlo Anchelotti kechagi g‘alabadan so‘ng nimalar dedi?
Erdo‘g‘on: «Isroil Gitlerdan ham o‘tib ketdi»
Biznes imkoniyatingizni kengaytiring
AQSH razvedkasi: Ukraina 2024 yil oxirigacha urushda yutqazishi mumkin
Sirdaryoda budjetga juda ko‘p miqdorda zarar yetkazgan mayning ferma aniqlandi
Qondagi shakar miqdorini tartibga soluvchi foydali meva nomi aytildi
Xotirani yaxshilashning juda oddiy usuli topildi