16:10 / 02.08.2019
3 087

Yaponiyada 2018 yilning dekabridan buyon ilk bor 2 nafar jinoyatchi dorga osildi

Yaponiyada 2018 yilning dekabridan buyon ilk bor 2 nafar jinoyatchi dorga osildi
Foto: Focus.ua
Yaponiyada 2 avgust kuni mamlakat adliya vaziri buyrug‘iga ko‘ra ikki nafar jazoga hukm etilgan jinoyatchi dorga osildi, deb xabar bermoqda «TASS». Hozircha jinoyatchilarning ismi va ular bilan bog‘liq boshqa ma’lumotlar keltirilmagan.

Bu bosh vazir Sindzo Abe amaldagi hukumati davrida ijro etilgan 38-o‘lim hukmidir. O‘tgan yili, 13 nafar jangari va «Aum Sinrikyo» ekstremistik oqim yetakchilari, shu jumladan uning asoschisi Tidzuo Matsumoto dorga osilgan edi. Ular bir qator qotilliklarni tashkillashtirgani, shu jumladan 1995 yilning mart oyida 13 kishi halok bo‘lishiga olib kelgan Tokio metrosidagi gaz hujumini uyushtirgani uchun qatl etilgan.

Yaponiya advokatlar assotsiatsiyasi mamlakatda o‘lim jazosini bekor qilib, uni umrbod ozodlikdan mahrum etish jazosiga almashtirishni talab qilmoqda. Qatl etish to‘g‘risidagi hukm mamlakat adliya vazirining yozma buyrug‘idan so‘ng amalga oshiriladi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Yaponiyada 2018 yilning dekabridan buyon ilk bor 2 nafar jinoyatchi dorga osildi