2 458
Parijda soxta malika zargarlik do‘konidan 1,3 mln yevrolik taqinchoqlarni o‘g‘irlab ketdi
Parijda zargarlik do‘konidan 1,3 mln yevrolik taqinchoqlar o‘g‘irlab ketilishi yuzasidan jinoiy ish qo‘zg‘atildi. O‘g‘irlikda o‘zini BAAlik malika deb tanishtirgan ayol gumon qilinmoqda, deb xabar berdi Kun.uz nashri.
Xabarda aytilishicha, 31 iyul kuni zargarlik do‘koniga kirib kelgan gumonlanuvchi o‘zini Dubay shayxining xotinlaridan biri, yonidagi ayolni esa cho‘risi sifatida tanishtirgan. Ular qutiga solingan taqinchoqlarni ko‘rib chiqishgan.
Ayol qutini qaytarib berib taqinchoqlarni ertasi kuni sotib olishini aytgan. Unga to‘lov puli tushishi bilan taqinchoqlarni aytilgan manzilga jo‘natishga va’da berishgan. Ertasiga pul tushmagach, do‘kondagilar qutini ochishgan va uning ichida Maggi buloni bo‘lakchalarini ko‘rishgan.
LCI nashrining xabar berishicha, 1,6 mln yevrolik taqinchoqlar Hermel do‘konidan o‘g‘irlab ketilgan. Qayd etilishicha, soxta malika tillalarni tomosha qilayotganida uning telefoni bir necha bor jiringlagan va u telefonda gaplashayotgan chog‘ida qutiga epchillik bilan taqinchoqlar o‘rniga bulon bo‘lakchalarini solib qo‘ygan. “Zamin” yangiliklarini “Twitter”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Erdo‘g‘on: «Isroil Gitlerdan ham o‘tib ketdi»
«Real Madrid» ustozi Karlo Anchelotti kechagi g‘alabadan so‘ng nimalar dedi?
O‘zbekistonda zilzilaga tayyorgarlik kuchaytiriladi
Biznes imkoniyatingizni kengaytiring
AQSH razvedkasi: Ukraina 2024 yil oxirigacha urushda yutqazishi mumkin
Qondagi shakar miqdorini tartibga soluvchi foydali meva nomi aytildi
Xotirani yaxshilashning juda oddiy usuli topildi
Qozog‘istonlik milliarderlar suv toshqinidan zarar ko‘rgan hududlarga mablag‘ ajratdi