18:38 / 03.08.2019
3 591

Zelenskiy qancha maosh olishi ma’lum bo‘ldi

Zelenskiy qancha maosh olishi ma’lum bo‘ldi
Foto: «Novorossiya»
Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiy undan avval prezidentlik qilgan Petr Poroshenko bilan bir xil maosh oladi, deb yozmoqda Daryo «RIA Novosti» keltirgan ma’lumotga tayanib.

Xususan, iyul oyida Zelenskiy 28 ming grivna (taxminan 1 100 dollar) olgan bo‘lib, shundan umumiy hisobda 5460 grivna (taxminan 200 dollar) soliq to‘lagan.

«Ukraina prezidentiga ish haqining boshqa tarkibiy qismlari (mukofotlar, ustamalar va h.k.) belgilanmagan», — deb ta’kidlangan davlat rahbari ishlari bo‘yicha boshqarma xabarida.

Iyun oyi o‘rtalarida Zelenskiyning Ukraina prezidenti lavozimini egallaganidan beri birinchi marta 12,7 ming grivna (taxminan 500 dollar) maosh olgani ma’lum qilingan edi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Zelenskiy qancha maosh olishi ma’lum bo‘ldi