AQSh prezidenti Donald Trampning fikricha Amerika ommaviy axborot vositalari yolg‘on axborot tarqatib mamlakat ichida keskin vaziyat paydo bo‘lishiga sababchi bo‘lmoqda. U Twitter sahifasida shunday fikr bildirdi.
"Mamlakatimizdagi fuqarolar hayoti va xavfsizligi borasida ulkan mas’uliyat OAV zimmasida. Yolg‘on xabarlar ko‘p yillardan buyon nafrat va g‘azab qo‘zg‘alishiga sezilarli darajada sababchi bo‘ldi. Yangiliklar haqqoniy, xolis yoritilishi va bir tomonlama bo‘lmasligi lozim, aks holda muammolar faqat kuchayadi", - deb yozdi Tramp.
Eslatib o‘tamiz, yakshanba kuni Chikagodagi parkda joylashgan bolalar maydonchasida otishma sodir etilishi natijasida yetti kishi jarohatlandi.
Avvalroq esa El-Paso shahridagi (Texas shtati) supermarketda sodir etilgan otishmada 20 kishi halok bo‘lgan, 26 kishi jarohatlangandi.
Keyinroq esa Ohayo shtatidagi Deyton shahrida otishma sodir bo‘ldi. Dayton Daily News gazetasining xabar berishicha, otishmada yetti kishi qurbon bo‘lgan. “Zamin” yangiliklarini “Vkontakti”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Teraktdan keyin Rossiyadagi Tojikiston fuqarolari nafrat va tajovuzga duchor bo‘lmoqda
AQSH politsiyachilarining «aqlli qarori» Legoga ma’qul kelmadi
Emmanuel Makron: “Ukraina tez orada qulashi mumkin”
AQSH rasmiylari: Millionlab amerikaliklar xitoylik hakerlar hujumiga uchragan
«Tolibon» Moskvadagi terakt tashkilotchilarini yo‘q qilishga va’da berdi
Erdo‘g‘on terrorchilar haqida keskin gapirdi
Rossiya G‘azoga 29 tonnadan ortiq insonparvarlik yordami jo‘natdi
Dubay hukmdorining eng go‘zal qizi qanday hayot kechiradi?