13:17 / 07.08.2019
5 403

Qiziga oʻxshab kiyinib qochishga uringan jinoyatchi qamoqxonada vafot etdi (video)

Qiziga oʻxshab kiyinib qochishga uringan jinoyatchi qamoqxonada vafot etdi (video)
Foto: DailyMail
Giyohvand moddalar savdosi boʻyicha qamalgan braziliyalik jinoyatchi Klauvinu da Silva ayol koʻrinishida kiyinib olib qamoqxonadan qochishga uringanidan uch kun oʻtib oʻz kamerasida oʻlik holda topildi, deb xabar beradi “Daryo” nashri.

Rio-de-Janeyro shtatida joylashgan qamoqxona maʼmuriyatining maʼlum qilishicha, 43 yoshli da Silva oʻz joniga qasd qilgan.

Klauvinu da Silva 19 yoshli qizining koʻrinishida qamoqdan qochishga uringan. Buning uchun u parik, silikon niqob, koʻzoynak va pushti mayka kiyib olgan. Biroq da Silvaning rejasi amalga oshmay qolgan va u qoʻlga tushgan. Klauvinu da Silva giyohvand moddalar savdosi uchun 73 yil 10 oyga ozodlikdan mahrum etilgan edi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Qiziga oʻxshab kiyinib qochishga uringan jinoyatchi qamoqxonada vafot etdi (video)