Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiy Donbassdagi vaziyat bo‘yicha shoshilinch yig‘ilish o‘tkazdi.
Xabar qilinishicha, shoshilinch yig‘ilishda bosh shtab boshlig‘i – Ukraina qurolli kuchlari bosh qo‘mondoni Ruslan Xomchak, prezident ofisi rahbarining o‘rinbosari Ruslan Ryaboshapka, milliy xavfsizlik va mudofaa kengashi kotibi Aleksandr Danilyuk hamda harbiy razvedka vakillari qatnashgan.
Zelenskiy Rossiya prezidenti Vladimir Putin bilan bu masalada telefon orqali suhbatlashganini ma’lum qildi.
"Bugun ertalab Rossiya prezidenti Vladimir Putin bilan gaplashdim. Unga zudlik bilan qo‘ng‘iroq qildim. Bu bizni tinchlikka yaqinlashtirmasligini aytdim", dedi u.
Ukraina prezidenti Rossiya rahbaridan "qotilliklarni to‘xtatish uchun narigi tarafga ta’sir o‘tkazish"ni so‘raganligini qo‘shimcha qilgan.
Avvalroq Ukraina mudofaa vazirligi Donbassda 12 soat ichida to‘rt nafar ukrainalik harbiy halok bo‘lganini ma’lum qilgandi. “Zamin” yangiliklarini “Youtube”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Erdo‘g‘on: «Isroil Gitlerdan ham o‘tib ketdi»
«Real Madrid» ustozi Karlo Anchelotti kechagi g‘alabadan so‘ng nimalar dedi?
O‘zbekistonda zilzilaga tayyorgarlik kuchaytiriladi
Biznes imkoniyatingizni kengaytiring
AQSH razvedkasi: Ukraina 2024 yil oxirigacha urushda yutqazishi mumkin
Qondagi shakar miqdorini tartibga soluvchi foydali meva nomi aytildi
Xotirani yaxshilashning juda oddiy usuli topildi
Qozog‘istonlik milliarderlar suv toshqinidan zarar ko‘rgan hududlarga mablag‘ ajratdi