14:43 / 08.08.2019
3 463

Atamboyev Bishkekda muddatsiz miting boshladi. Prezident, hukumat va parlament iste’fosi talab qilinadi

Atamboyev Bishkekda muddatsiz miting boshladi. Prezident, hukumat va parlament iste’fosi talab qilinadi
Bugun, 8 avgust kuni Qirg‘iziston sobiq prezidenti Almazbek Atamboyev OAV uchun bayonot berdi. Uning so‘zlariga ko‘ra, soat 16:00da u va tarafdorlari «Forum» binosiga, so‘ngra «Oq uy»ga yo‘l olishadi. Sobiq prezident muddatsiz miting boshlanganini e’lon qildi. Bu haqda Knews' nashriga tayanib Kun.uz xabar bermoqda.

«Odamlarning yarmi «Forum» binosiga borishlarini aytishdi, qolgan yarmi esa Oq uyga yo‘l olmoqchi. Biroq, biz avval «Forum»ga boramiz, keyin, kerak bo‘lsa, Oq uyga jo‘naymiz», - dedi Almazbek Atamboyev 8 avgust kuni o‘z tarafdorlari bilan uchrashuvda.

8 avgustga o‘tar kechasi tarafdorlari uning oldiga kelib, Sooronbay Jeenbekov, hukumat va parlament iste’fosini talab qilgan holda muddatsiz miting boshlashni taklif etishgan.

Atamboyev Qo‘y-Toshda jabrlanganlar uchun Sooronbay Jeenbekov aybdor ekanini bildirdi. Uning fikricha, «Jeenbekov uchun barcha odamlar - xizmatkor, unga Raim-million hamda qarindoshlari, qudalari muhimroq».

Atamboyevning bildirishicha, hokimiyatga uning Aziz Batukayev ozod etilishi bo‘yicha ham, boshqa masalalar bo‘yicha ham ko‘rsatmalari kerak emas.

«Men savollarga javob berishni bir necha bor taklif qildim. Ammo ularga ko‘rsatmalar kerak emas, ular Atamboyevning ovozini o‘chirishmoqchi», - dedi sobiq prezident.

Uning so‘zlariga ko‘ra, tarafdorlarida qurol bo‘lmagan, o‘zi esa bir necha bor o‘q uzgan, ammo «odamlarga tegmaslikka harakat qilgan».

«Men bir necha oydan beri: nimadir bo‘lsa o‘q uzaman, deb aytayapman. Bu yerda faqat menda qurol bor. Uchinchi qavatda o‘tirgandim. Oddiy odamlarda hatto rogatka (cho‘zma) yo‘q edi. Televideniye odamlarda qurol bo‘lganini aytib, yolg‘on ma’lumot tarqatmoqda», - dedi Atamboyev.

Sobiq prezident maxsus topshiriqlik harbiylarga yordam berishga tayyorligini aytib, tarafdorlaridan ularni bugun huquq-tartibot idoralariga topshirishni so‘radi.

Xabarda qayd etilishicha, Atamboyev Vladimir Putin bilan aloqaga chiqmaganini aytgan.

Bundan oldin, Qirg‘iziston prezidenti Sooronbay Jeenbekov xavfsizlik kengashida Atamboyev qurolli qarshilik ko‘rsatib, konstitutsiya va qonunlarni qo‘pol ravishda buzganini bildirgandi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Atamboyev Bishkekda muddatsiz miting boshladi. Prezident, hukumat va parlament iste’fosi talab qilinadi