20:43 / 08.08.2019
2 825

Tayvanda kuchli zilzila bo‘ldi

Tayvanda kuchli zilzila bo‘ldi
Tayvanda kuchi Reyter shkalasi bo‘yicha 6 ballga teng bo‘lgan kuchli zilzila ro‘y berdi. Bu haqda Darakchi.uz xabar berdi.

Yer osti silkinishlarining epimarkazi orolning shimoli-sharqiy sohilida joylashgan Ilan uyezdida 22 km chuqurlikda qayd etilgan. Tabiiy ofat natijasida bir nafar inson halok bo‘lgan, 2000 mingdan ortiq binolar esa elektr ta’minotidan uzilib qolgan. Shuningdek, suv va gaz tarmoqlarida ham uzilishlar kuzatilmoqda.

Ayrim joylarda aholi quvurlardan gaz sizib chiqayotganidan shikoyat qilishmoqda. Orol shimolida zilzila tufayli poyezdlar harakati vaqtincha to‘xtatib qo‘yildi. Eslatib o‘tamiz, Tayvan ikkita tektonik plitalar kesishuviga yaqin hududda joylashgani sababli bu yerda tez-tez zilzila ro‘y berib turadi.

Dasturlash foundation


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Tayvanda kuchli zilzila bo‘ldi