00:23 / 10.08.2019
3 389

Lukashenko Kurmanbek Bakiyevni 70 yillik yubileyi bilan tabrikladi (video)

Lukashenko Kurmanbek Bakiyevni 70 yillik yubileyi bilan tabrikladi (video)
Foto: Belarus axborot agentligi
Belarus prezidenti Aleksandr Lukashenko do‘sti va hamkasbi — Qirg‘izistonning sobiq prezidenti Kurmanbek Bakiyev bilan uchrashdi.

Uchrashuvga Bakiyevning 70 yillik yubileyi sabab bo‘ldi. Lukashenko uni tabriklab, ov manzaralari aks etgan kartina, xanjar va guldasta sovg‘a qildi.

«Tavallud kuningga albatta boramiz! Palov tayyorlay olasanmi? Palov sendan, sharob bizdan!» — deya mutoyiba qildi Belarus rahbari.

«Tabrik qismi tugagach Lukashenko va Bakiyev dolzarb masalalar muhokamasiga o‘tdi», — deyiladi Belarus axborot agentligi xabarida.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Lukashenko Kurmanbek Bakiyevni 70 yillik yubileyi bilan tabrikladi (video)