14:12 / 13.08.2019
3 295

Sakkiz yoshli bola shtangani 701-marta koʻtarib, jahon rekordini yangiladi

Sakkiz yoshli bola shtangani 701-marta koʻtarib, jahon rekordini yangiladi
Rossiyaning Kirov oblastida istiqomat qiluvchi sakkiz yoshli Vlad Cherepanov shtangani ikki qoʻllab tik koʻtarish boʻyicha jahon rekordini yangiladi. Bu haqda Kun.uz xabar bermoqda.

Qayd etilishicha, bolakay shtangani 701-marta koʻtarishga muvaffaq boʻldi. Avvalgi rekord 210-marta edi. Shtanganing ogʻirligi 11 kilogrammni tashkil etdi - bolakay vaznining yarmi.

Vlad Kirov oblasti, Sovetsk shahridagi maktab internat oʻquvchisi ekani, bolaligidan yura olmasligi aytiladi. Bu oʻquvchiga “Artek” oromgohida shtangani ikki qoʻllab tik koʻtarish boʻyicha jahon rekordini yangilashga toʻsqinlik qilmadi. Ushbu natijaga erishish uchun bolakayga 25 daqiqa vaqt kerak boʻldi. Endilikda, Vladning asosiy maqsadi - Rossiya Paralimpiya terma jamoasi aʼzosiga aylanish.

Ushbu videoni quyidagi havola orqali koʻrishingiz mumkin: >>>[leech=blob:https://embed.life.ru/f35cdd3a-5f80-408d-877d-498ed4576684]VIDEO[/leech]

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Sakkiz yoshli bola shtangani 701-marta koʻtarib, jahon rekordini yangiladi