“Novoye vremya” nashri saytida Ukrainaning eng nufuzli 100 kishisi ro‘yxati e’lon qilindi. Ro‘yxatning yuqori o‘rinlarini amaldagi prezident Vladimir Zelenskiy ma’muriyati a’zolari egallashgan.
Zelenskiyning o‘zi esa ro‘yxatga yetakchilik qilmoqda, 2-o‘rinni uning ofisi rahbari Andrey Bogdan egallagan.
3-, 4- va 5-o‘rinlarni tadbirkorlar – eng boy ukrainalik Rinat Axmetov, “Privat” guruhi egalaridan biri Igor Kolomoyskiy va EastOne Group kompaniyasi egasi Viktor Pinchuk egallagan.
Prezident yordamchisi Sergey Shefir 6-o‘ringa qo‘yilgan, uning ortidan Ukraina ichki ishlar vaziri Arsen Avakov kelmoqda.
Ukrainaning sobiq prezidenti Pyotr Poroshenko unga nisbatan ochilgan ko‘plab jinoiy ishlarga qaramay, yetakchi o‘ntalikda qolgan (8-o‘rin).
“Sluga naroda” partiyasi rahbari Dmitriy Razumkov 9-o‘rinni, Rossiyani qo‘llab-quvvatlovchi deputat Viktor Medvedchuk 10-o‘rinni egallagan.
Ro‘yxatning oxirgi o‘rinlarini Rossiya tomonidan Kerch bo‘g‘ozida hibsga olingan 24 ukrainalik dengizchi egallamoqda. “Zamin” yangiliklarini “Facebook”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Zelenskiyga ukrainaliklar haqida kutilmagan yangilik aytildi
AQSHning Suriyadagi harbiy bazasiga raketalar hujum qildi
Ramzan Qodirovning 19 yoshli qizi medal bilan taqdirlandi
Akademik Qodir G‘ulomov Qo‘shrabotda bo‘ldi
Olimlar o‘quvchilarning familiyasidagi bosh harf ularning bahosiga ta’sir qilishini aniqladi
Shveysariya prezidenti Putinga maktub yo‘lladi
O‘zbekistonda o‘tgan uch oyda qancha avtomobil ishlab chiqarilgan?
Damas uchun onlayn kontraktatsiya ochiladi