3 099
Qirg‘iziston sobiq bosh vaziri Sapar Isoqov insultga chalindi. U hibsxonadan kasalxonaga olib ketilgan
Qirg‘iziston sobiq bosh vaziri Sapar Isoqov kasalxonaga yotqizildi. Bu haqda media-ekspert Gulnur Toraliyeva «Feysbuk»dagi o‘z sahifasida xabar berdi.
Mamlakat Milliy xavfsizlik davlat qo‘mitasidan xabar qilishlaricha, Isoqov shifokorlar nazorati ostida qolmoqda. MXDQ sobiq amaldorning aynan qaysi kasalxonada ekanligiga aniqlik kiritmagan.
Ayni paytda, AKIpress manbalari xabar berishicha, sobiq bosh vazir Milliy kasalxonaning nevrologiya bo‘limiga yotqizilgan. Unda umurtqa arteriyasi sindromi aniqlandi, bu o‘rta yoshda qayd etilishi mumkin bo‘lgan insultning eng ko‘p uchraydigan sababidir.
Eslatib o‘tamiz, Qirg‘iziston sobiq bosh vaziri Sapar Isoqov 2018 yil 5 iyun kuni qo‘lga olindi. Mamlakat Milliy xavfsizlik davlat qo‘mitasi S.Isoqovga Qirg‘iziston Respublikasi Jinoyat kodeksining 303-moddasi 1-qismi (korrupsiya) bilan ayblov qo‘ygan. “Zamin” yangiliklarini “Twitter”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Futzal. Osiyo Kubogi. Tojikiston Yaponiyani guruhda qoldirdi
Qaysi kundalik odatlar immunitet pasayishiga olib kelishini bilasizmi?
Toshkentda 02 kodli avtoraqamlar taxminan qachon paydo bo‘lishi aytildi
Eron prezidenti jiddiy bayonot berdi: «Isroildan hech narsa qolmaydi»
Sariqmi yoki yashil: qaysi turdagi banan foydaliroq?
Germaniyada maktab o‘quvchilari ommaviy ravishda islom dinini qabul qilmoqda
HAMAS yetakchisi: Isroil Rafahga kirsa, Falastin xalqi oq bayroqni ko‘tarmaydi
Crocus teraktida ayblanayotgan tojikistonlik Dalerjon Mirzoyevning ota-onasi o‘g‘li haqida gapirdi