18:04 / 18.08.2019
3 490

Kiyev metrosida Zelenskiyning qiyofadoshi topildi

Kiyev metrosida Zelenskiyning qiyofadoshi topildi
Foto: «Bigmir.net»
Ijtimoiy tarmoqlarda Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiyga ikki tomchi suvdek o‘xshaydigan erkakning metropolitendagi surati tarqaldi, deb yozadi «Daryo.uz» nashri.

Surat 16 avgust kuni Facebook’da Dmitriy Kovalenko ismli foydalanuvchi tomonidan e’lon qilingan.
«Mana u haqiqiy xalq prezidenti. Kortejsiz, qo‘riqchilarsiz, hatto velosipedsiz. Oddiy va kamtarona tarzda ishga ketyapti», — deb yozadi u.

Izohlarda foydalanuvchilar uning haqiqatdan ham Zelenskiyga o‘xshashini yozib qoldirgan. Ayrimlar esa uning aniq Zelenskiy emasligini, chunki uning yonida Bogdan yo‘qligini xazil tariqasida e’tirof etgan.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Kiyev metrosida Zelenskiyning qiyofadoshi topildi