23:50 / 18.08.2019
4 868

Meni shunday tarbiya qilishgan – O‘zbekiston fuqarosi odamlarni qutqarib qoldi

Meni shunday tarbiya qilishgan – O‘zbekiston fuqarosi odamlarni qutqarib qoldi
Perm viloyatida yo‘nalishli avtobusning YTHga uchraganini ko‘rgan yosh o‘zbekistonlik yigit avtobus ichida bo‘lgan odamlarni qutqarishga yordam berdi, deb xabar qilmoqda "Sputnik" nashri.

Shanba kuni 53-yo‘nalishda harakatlanayotgan avtobus do‘kon devoriga borib urilishi oqibatida uning eshiklari yopilib qoladi. Ushbu YTHda 1 kishi qurbon bo‘ladi va 32 kishi jarohatlanadi. Voqea guvohi bo‘lgan 20 yoshli O‘zbekiston fuqarosi Daniil Yuldashev darhol avtobus ichida qolgan odamlarni qutqarishga kirishadi.

U avtobusning orqa oynasini sindirib, yaralanganlarni birma-bir olib chiqa boshlaydi. Undan tashqari Daniil shikastlanganlarga birinchi tibbiy yordam ko‘rsatib yo‘ldan o‘tayotgan avtomobillarni to‘xtatib ulardan bemorlarni shifoxonaga olib borishni iltimos qiladi. Tez yordam yetib kelganda ham Daniil yordam berishda davom etadi.

Jurnalistlar Daniildan nega u ham boshqa avtomobillar kabi YTHga uchragan avtobus yonidan o‘tib ketmasdan yordam berish uchun to‘xtaganini so‘rashganda, u – Meni shunday tarbiya qilishgan deb javob bergan.

Daniil Toshkentda tug‘ilgan, uning yaqin qarindoshlari hali ham o‘sha yerda yashaydi. Daniil 7 yildan beri Rossiyada yashab kelmoqda. U shu yerda o‘rta maxsus ta’lim olmoqda va bo‘sh vaqtida boks bilan shug‘ullanadi.

Dasturlash foundation


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Meni shunday tarbiya qilishgan – O‘zbekiston fuqarosi odamlarni qutqarib qoldi