17:28 / 19.08.2019
5 220

Ramzan Qodirov Chechenistonni Rossiya tarkibiga kiritish uchun otasi qanday shart qo‘yganini aytdi

Ramzan Qodirov Chechenistonni Rossiya tarkibiga kiritish uchun otasi qanday shart qo‘yganini aytdi
Foto: «Kommersant»
Chechenistonning birinchi prezidenti Ahmad Hoji Qodirov ommaviy referendum o‘tkazmasdan respublikani Rossiya tarkibiga qo‘shish to‘g‘risidagi hujjatni imzolashdan bosh tortdi. «TASS»ning xabar berishicha, bu haqda Ramzan Qodirov On TV YouTube kanaliga bergan intervyuda ma’lum qilgan.

«Yo‘q, men o‘z xalqimdan so‘rashim kerak. Referendum o‘tkazganda xalqim shu qog‘ozga ovoz bersa, ‘ha, biz Rossiya hududining bir qismimiz’, desa, ana o‘shanda men uni imzolayman», — degan Ahmad Hoji Qodirov. U Vladimir Putin bilan uchrashuvda respublikani Rossiya tarkibiga qo‘shish haqidagi shartnomani imzolashi haqidagi savoliga shunday javob bergan.

Chechenistonning Rossiya tarkibida rivojlanishini mustahkamlagan konstitutsiya 2003 yil 23 mart kuni o‘tkazilgandi. Saylovda 510 mingdan ortiq odam ishtirok etgan bo‘lib, bu o‘sha paytdagi saylovchilar umumiy sonining 95,97 foizini tashkil etgan. Ovoz beruvchilarning 95,48 foizi Respublikaning yangi asosiy qonunini qo‘llab-quvvatlagan.

Dasturlash foundation


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Ramzan Qodirov Chechenistonni Rossiya tarkibiga kiritish uchun otasi qanday shart qo‘yganini aytdi