15:25 / 23.08.2019
4 457

Rossiya va AQSh armiyasi: kimning ovqati zo‘r? (video)

Rossiya va AQSh armiyasi: kimning ovqati zo‘r? (video)
Foto: «Yandex»
Ekspertlar qo‘liga Rossiya va Amerikaga tegishli ikkita zamonaviy quruq payok tushib qoldi. Ikkala taomnomani obdon taqqoslash orqali qaysi armiya askari bevosita jang maydonida yaxshiroq ovqatlanishini bilib olish mumkin.

Payoklarning har biri bir marta ovqatlanishga mo‘ljallangan.

Foto: «Yandex»
AQSh
Amerika to‘plami yetarlicha ishonchli qadoqlangan, birinchi germetik qatlam ichiga yana bir nechta germetik paketchalar joylangan.
Taomdan tashqari saqich, choy, qand, sharbat, paketchali eriydigan quyuq qahva bor.
Isitkich ham juda qiziq ishlangan. U ichiga issiq suv quyiladigan paketdan iborat. So‘ngra u asosiy taomlar solingan idishlar o‘rtasiga joylanadi (kartoshka, pishloq qaylasi va go‘shtli gulyash) va kartondan tayyorlangan maxsus taglik qo‘yiladi.

Rossiya
Rossiya taomnomasi ham paket va karton qutiga qadoqlangan. Ular oddiyroq ko‘rinadi. Taom portativ taglik va spirtli habdorilar yordamida isitiladi.
Kaloriyasi bo‘yicha ikkala taomnoma ham deyarli bir xil, taxminan — 2700 kaloriya. Tarkibiga ko‘ra esa Amerika taomnomasi yetakchilik qilmoqda — ham yaxshiroq qadoqlangan, ham yeguliklar sifatliroq.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Rossiya va AQSh armiyasi: kimning ovqati zo‘r? (video)